Alfraganus universiteti O'quv ishlari bo‘yicha prorektori Nozim Muminov hamda Stomatologiya va farmatsiya fakulteti, Farmasevtika va kimyo kafedrasi professori, DSc Lola Po'latova Belarus davlat universitetining A.D. Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya institutida bo‘lib o‘tgan “Saxarov o‘qishlari – 2026: XXI asrning ekologik muammolari” mavzusidagi 26-xalqaro ilmiy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan xalqaro sertifikat bilan taqdirlandilar. 

Ushbu yutuq Alfraganus universitetining xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ekologiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi ilmiy salohiyatini namoyon etish hamda xalqaro akademik maydondagi nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi muhim natijalardan biridir.