Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti dekani Ziyodullo Rahmatullayev boshchiligida fakultet kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida:

— O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish;

— 2025–2026 o‘quv yili uchun fakultetning o‘quv-uslubiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejalarini va o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ko‘rib chiqish;

— Fakultet bazasida xorijiy tillarni o‘qitish markazini tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, fakultetda Rus tili va adabiyoti kafedrasi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Mazkur kafedraga p.f.f.d. Timurbek Dilshodbekov kafedra mudiri etib tayinlandi va fakultet a’zolariga tanishtirildi.

BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA