Joriy yilning 17-aprel kuni Alfraganus universiteti Filologiya fakultetida “O‘zbek zamonaviy nasrining taraqqiyot tamoyillari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Dotsent Salima Jumayeva tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston tarixi telekanali muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Xolyor Safarov hamda katta muharrir, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi, taniqli teleboshlovchi Jasur Usmonov hamda fakultetning yetakchi professor - o‘qituvchilari, jumladan, professor Avazov Normurod Hakimovich, dotsentlar Jo‘rayeva Nazokat Gulmurodovna, Ko‘chimov Ulug‘bek Qo‘chqorovich, Rahimjonov Masrur No‘monjonovich, o‘qituvchilardan Shohista Maxmudova, Bobur Nusratov, Ma’rifat Anarboyevalar faol ishtirok etdilar.

Adabiy-ma’rifiy tadbir qizg‘in suhbat tarzida o‘tkazildi. Tadbir so’ngida fakultet ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari so’z olib, ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.