Yevropa Ittifoqining Erasmus+ xalqaro grant dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan GreenCamUz — “Yashil kampus tashabbusi — O‘zbekistondagi oliy ta’limga barqarorlikni integratsiyalash” loyihasi rasman ish boshladi.
Mazkur loyiha 2025–2028-yillar davomida amalga oshirilib, barqaror rivojlanish tamoyillarini oliy ta’lim tizimi va ta’lim dasturlariga tizimli ravishda joriy etishga qaratilgan.
Loyiha doirasida oliy ta’lim muassasalarida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, “yashil kampus” konsepsiyasini rivojlantirish hamda barqaror fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilingan.
GreenCamUz tashabbusi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda Yevropa Ittifoqining ekologik barqarorlikka oid ustuvor yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda amalga oshiriladi.
Loyiha rahbari:
— Ismailov Azizbek Ruzimaxammatovich
Loyiha koordinatori:
— Xujayev Muminjon Isoxonovich
(Alfraganus Xalqaro ilmiy-tadqiqot nashr markazi rahbari)
Axborotlashtirish bo‘yicha xodim:
— Muminov Nozim Gaffarovich

