Alfraganus universiteti Filologiya fakultetida Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu shahridagi Janubiy federal universiteti delegatsiyasi ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Delegatsiyaga JFU Rektorining muxtor vakili, Xalqaro fanlararo ta’lim va Iber-Amerika tadqiqotlari instituti direktori N.V. Karpovskaya boshchilik qildi. Uchrashuv ikki universitet o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida tashkil etildi.
Seminar davomida:
— Rus tili va adabiyoti yo‘nalishida dars beruvchi professor-o‘qituvchilarga JFU tomonidan malaka oshirish kurslari;
— Doktorantura imkoniyatlari;
— Ilmiy-uslubiy hamkorlik;
— Ilmiy jurnallarda tahririy faoliyat va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
![]() |
Shuningdek, Alfraganus universiteti professori v.b. Sh. Sultonovaga Janubiy federal universitet ilmiy jurnalining tahririyat a’zosi sifatida navbatdagi nashrlarda qatnashish, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishda ishtirok etish hamda vizit-professor sifatida dars o‘tish uchun rasmiy taklifnoma taqdim qilindi.
![]() |
Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.