Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti, Sharq filologiyasi kafedrasi tomonidan Turkiyaning Anqara universiteti Zamonaviy turkiy tillar kafedrasi professori Aynur O‘z O‘zjan bilan "Zamonaviy turkiy tillarning dolzarb muammolari" mavzusida seminar o'tkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Seminar davomida Turkiya universitetlarida o'qitilayotgan zamonaviy turkiy tillar bo'limlarining faoliyati, mustaqillikning ilk yillaridan buyon Anqara universitetida o'zbek tili bo'yicha kadrlar tayyorlanishi, bugungi kunga kelib bu sohada bakalavriat, magistratura va doktorantura ta'lim bosqichlari mavjudligi hamda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari o'rnatish borasida muhokamalar bo'lib o'tdi.