Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov Indoneziyadan tashrif buyurgan bir guruh delegatsiya vakillarini qabul qildi. Ular,
- Muhammadiya Kebayoran Baru tashkiloti rahbari hamda Muhammadiya universitetining Tibbiyot fakulteti dekani Mr.Ahmad Said Matongdan;
- Muhammadiya shifoxonasi rahbari Dr.Ahmad;
- Muhammadiya universitetining huquq fakulteti professori Dr. Nizam Burhanuddin;
- Muhammadiya litseyi direktori Ms. Zesmita Umarlar bo`lib, qator takliflari
bilan tashrif buyurdilar.
Muzokaralar davomida har ikki universitetlarning bakalavr, magistr talabalari va o`qituvchilari o`rtasida “short kurs” dasturi bo`yicha 1 haftalikdan 2 oygacha bo`lgan muddatli kurslarni yo`lga qo`yish, Imtihon va Grant shartlarini ko`rib chiqish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, nafaqat ta`lim, balki madaniyat, hunarmandchilik sohasida ham bilimlarni oshiruvchi o`quv kurslarini yo`lga qo`yish haqida kelishib oldilar.
Muvaffaqiyatli uchrashuv yakunida, Muhammadiya universiteti va litseyi bilan hamkorlik memorandumi tuzilib, shartnomalar imzolandi.