Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov Indoneziyadan tashrif buyurgan bir guruh delegatsiya vakillarini qabul qildi. Ular,

-   Muhammadiya Kebayoran Baru tashkiloti rahbari hamda Muhammadiya universitetining Tibbiyot fakulteti dekani Mr.Ahmad Said Matongdan;

-  Muhammadiya shifoxonasi rahbari Dr.Ahmad;

-  Muhammadiya universitetining huquq fakulteti professori Dr. Nizam Burhanuddin;

-  Muhammadiya litseyi direktori Ms. Zesmita Umarlar bo`lib, qator takliflari

bilan tashrif buyurdilar.

         Muzokaralar davomida har ikki universitetlarning bakalavr, magistr talabalari va o`qituvchilari o`rtasida “short kurs” dasturi bo`yicha 1 haftalikdan 2 oygacha bo`lgan muddatli kurslarni yo`lga qo`yish, Imtihon va Grant shartlarini ko`rib chiqish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, nafaqat ta`lim, balki madaniyat, hunarmandchilik sohasida ham bilimlarni oshiruvchi o`quv kurslarini yo`lga qo`yish haqida kelishib oldilar.

         Muvaffaqiyatli uchrashuv yakunida, Muhammadiya universiteti va litseyi bilan hamkorlik memorandumi tuzilib, shartnomalar imzolandi.

🟤Batafsil https://www.youtube.com/watch?v=gYh6NKbB1dU