Universitet rahbariyati boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda barcha prorektorlar, departament rahbarlari, bo‘lim boshliqlari hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish doirasida fakultet dekanlarining kontrakt to‘lovlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Debitor qarzdorlikni kamaytirish va bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi. Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Rektor kubogi”musobaqalariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Universitetda ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etilishi, xususan, xodimlarning ishga kelish va ketish vaqtlariga qat’iy amal qilishi hamda ijro intizomini mustahkamlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur talablarga rioya etilishi barcha tarkibiy tuzilmalar va fakultetlar kesimida nazoratga olinganligi eslatib o‘tildi.