(Nomzodlar Alfraganus universitetida faoliyat olib borayotgan, eng kamida magistratura bosqichini tamomlagan bo‘lishi shart)
Alfraganus universiteti Soft skills markazi universitet xodimlarini asosiy ish joyi saqlangan holda qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish hamda zamonaviy trenerlik kasbini egallash imkonini beruvchi maxsus dasturda ishtirok etishga taklif etadi.
Mazkur tanlov universitetda professional trenerlar jamoasini shakllantirish, xodimlarning shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov maqsadi:
— Trenerlik salohiyatiga ega iqtidorli xodimlarni aniqlash;
— Pedagogik va kommunikativ ko‘nikmalarni baholash;
— Zamonaviy trenerlarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash;
— Asosiy ish joyi va maosh saqlangan holda qo‘shimcha faoliyat yaratish;
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
— Liderlik, samarali muloqot va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
— Muammolarni hal qilish va turli auditoriyaga moslashish qobiliyati;
— Interaktiv mashg‘ulotlar tashkil eta olish;
— Yuqori darajadagi kommunikatsiya, emotsional intellekt va stressga chidamlilik;
— Universitet faoliyatida faol ishtirok;
— Rus va ingliz tillarini biluvchilarga ustunlik beriladi.
Saralash bosqichlari:
• CVlarni qabul qilish va saralash
• Mini-trening asosida ekspert bahosi
Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tganlar maxsus trenerlar tayyorlash dasturiga jalb etiladi. Tanlov 1-mayga qadar davom etadi.
CV yuborish uchun:
+998 94 653 27 87

