Dunyoning TOP-1000 talikka kiruvchi universitetlaridan biri — Rossiya Federatsiyasining Janubiy Federal universiteti delegatsiyasi, rektorning vakolatli vakili, Fanlararo ta’lim va Ibero-Amerika tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Natalya Valeryevna Karpovskaya boshchiligida rasmiy tashrif bilan Alfraganus universitetiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif, avvalroq imzolangan memorandum doirasidagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish va uni izchil amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
— Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi
— Ilmiy maqolalarni hamkorlikda chop etish
— Qo‘shma ilmiy loyihalar va tadqiqotlar olib borish
Shuningdek, akademik almashinuv, o‘quv dasturlarini muvofiqlashtirish, talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish kabi qator boshqa masalalarda ham o‘zaro kelishuvga erishildi.
Ushbu tashrif ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sifatli ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.