Oʻzbekiston Karate WKF assotsiatsiyasi hamda Alfraganus universiteti oʻrtasida karate sport turini rivojlantirish va yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
r Uchrashuv natijasida Oʻzbekiston Karate WKF assotsiatsiyasi raisi Rashid Talipov hamda Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudovlar karate sport turini rivojlantirish uchun kelgusida seminarlar, turli oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish, rektor va universitet kubogi uchun sport musobaqalarini tashkil etish bo’yicha memorandum imzoladilar.