Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti tyutorlari boshchiligida bir guruh faol talabalar ishtirokida Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga tashrif uyushtirildi. Tashrif davomida talabalar Temuriylar sulolasi davriga oid tarixiy eksponatlar, madaniy meros namunalari va Amir Temur hamda uning avlodlari hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
![]() |
![]() |
Bu tashrif ta’lim olayotgan talabalar uchun nafaqat tarixiy bilimlarini boyitish, balki milliy qadriyatlar, madaniyat va o‘zlikni anglash borasida ham muhim ahamiyat kasb etdi.