Alfraganus universiteti talabalari uchun ITF Group tomonidan bandlik va amaliyot imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarni ish bilan ta’minlash, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassis sifatida tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ITF Group vakillari tomonidan kompaniya faoliyati, mavjud vakant ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.