Raxmatullayev Ziyodullo Xabibullayevich - Alfraganus universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Raxmatullayev Ziyodullo Xabibullayevich 1985-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Oilali. 6 nafar farzandi bor.
O'z sohasi bo'yicha uzoq yillik tajribaga ega.
Jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektor yordamchisi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani, Filologiya fakulteti dekani, Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.
Tabriklaymiz va omad tilaymiz!

