Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti dekani Ozodjon Kuliyev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib, o‘z faoliyatlarini kengaytirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazmoqda.
![]() |
Delegatsiya tarkibi Dubaydagi xususiy tibbiyot klinikalarini o‘rganib chiqmoqda. Tadqiqotlar davomida, shifokorlarga yaratilgan imkoniyatlar, klinikalarda bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ish jarayonlari o‘rganiladi. Bu tajriba va bilim almashish delegatsiyaning maqsadlaridan biri bo‘lib, amaliy tajriba asosida yangi yondashuvlar o‘rganiladi.
![]() |
![]() |
Ushbu tashrif fakultet uchun ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi imkoniyatlar yaratish nuqtai nazaridan juda ahamiyatli hisoblanadi.