Turizm fakulteti professor-o'qituvchilari Toshkent shahridagi "Wyndham Hotel" mehmonxonasida o'tkazilgan "Med Silk Expo-2025" xalqaro ko'rgazmasining tibbiy turizm sho'basida qatnashdi.

Turkiyada faoliyat olib borayotgan tibbiy turizmga ixtisoslashgan agentliklar tajribasi o'rganilib, rekreatsion obyektlar uchun menejerlar korpusini tayyorlashning zamonaviy tendensiyalari yuzasidan tahlillar amalga oshirildi.