O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi va "Science and Innovation" xalqaro jurnali hamkorligida “Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston hamda Qirg‘izistondan tashrif buyurgan olimlar va professorlar ishtirok etdi.
![]() |
Ushbu konferensiyada Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti talabasi, “Alfraganus yoshlari” klubi rahbari Farruxjon Kamoliddinov “Chang bo‘ronlari inson salomatligiga ta’siri – yangi ekologik xavf” mavzusida ma’ruza qilib, nafas yo‘llari kasalliklari, ularning oldini olish bo‘yicha foydali ma’lumotlar taqdim etdi.
![]() |
Yakunda konferensiya tashkilotchilari tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.




