Alfraganus universiteti rahbariyati, kuni kecha, Qozog`iston Xalqaro turizm va mehmondo`stlik universiteti dotsenti Abduraxmanov Rustam Baxtiyarovichni qabul qildi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, ikki mamlakat oliy ta'lim muassasasi o'rtasida aloqalarni yo'lga qo'yilishi rejalashtirilayotgan samarali hamkorlik memorandum bandlarini muhokama etish hamda talabalar almashinuvi dasturini yo`lga qo`yish bo`lgan.

Muloqot avvalida mehmonga Alfraganus universiteti faoliyati hamda unda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqinda tanishtirildi.

Muzokaralar yakunida hamkorlik dasturi bo`yicha memorandum imzolandi va Turizm, bo`yicha o`zimizda o`tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro olimpiadaga taklif etilishi haqida kelishib olindi.