🟤Alfraganus universiteti professor-o'qituvchilari Malayziyaning Sulton Idris pedagogika universiteti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq maxsus tashkil etilgan "Teachers Training program" malaka oshirish kursida ishtirok etib, qaytdilar.
🟤Ushbu malaka oshirish kursidan olingan taassurotlar, o'rganilgan tajribalar va ko'nikmalar bilan universitetimiz rahbariyatiga ma'lumotlar taqdim etdilar.
🟤Universitetimiz rektori M.Maxmudov tomonidan xorijiy xizmat safarida bo'lib kelgan professor-o'qituvchilarga universitetimiz ilmiy salohiyatini yanada oshirish, olib borilayotgan dars-mashg'ulotlari sifatini xorijiy tajribalar asosida yaxshilash hamda yangi metodik qo'llanmalardan foydalangan holda darslar tashkil etish masalalari yuzasidan qator topshiriqlar berildi.
🟤Uchrashuv so'nggida professor-o'qituvchilarimiz Malayziyaning Sulton Idris pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlanganligini e'tirof etuvchi maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

