🔴XALQARO FESTIVAL
🟤O'tgan yili Turkiyaning Karabuk universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro ijtimoiy fanlar festivali – Sosyalfestda Alfraganus universiteti talabalari faol ishtirok etgandilar.
🟤Mazkur festival, 2024 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan yirik xalqaro tadbir bo'lib, joriy yilda "Sosyalfest turk dunyosi" nomi bilan, iqtisodiy rivojlanish, turk dunyosining ilmiy hamkorligi, turk dunyosi ijtimoiy madaniy hamkorligi, turk dunyosi ta'lim hamkorligi va turk dunyosi siyosat va boshqaruv hamkorligi yo'nalishlarida o'tkaziladi.
🟤Alfraganus universiteti talabalari bu yil ham ushbu festivalda o'z g'oya va bilimlarini namoyish etishlari mumkin. Ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali shu yilning 15-aprel kuniga qadar ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.
🟤Ro'yxatdan o'tish
🟤Qo'shimcha ma'lumotlarni @tour_mmt dan olishingiz mumkin.

