🟤Misr davlatidan kelgan "Yurta Advisor" agentligi vakili Dr Ahmad Alshobaki bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🟤Uchrashuv davomida Yaqin Sharq va Arab mamlakatlaridan talaba yoshlarni universitetimizga tahsil olish uchun jalb etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

🟤Ayni paytda mavjud imkoniyatlar baholangan holda tez orada kompaniya va Alfraganus universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish belgilab olindi.