ILM-FAN VA XALQARO REYTINGLAR BO‘YICHA MUHIM MUHOKAMA
Alfraganus universitetida Ilmiy-texnikaviy Kengashning kengaytirilgan majlisi o'tkazildi.

Majlis Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Mo‘minjon Xo‘jayev rahbarligida, Xalqaro ilmiy jurnallar va reytinglar bilan ishlash departamenti kun tartibi asosida tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Majlis davomida Google Scholar, Scopus va Web of Science platformalarida universitet ilmiy ko‘rsatkichlarini oshirish, nufuzli jurnallarda maqolalar sonini ko‘paytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda QS reytingiga kirish bo‘yicha dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Departament rahbari Nazirjon Rajabov hamda bosh mutaxassis Otabek Mamatxo‘jayev tomonidan xalqaro reytinglar, akademik profillar va ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.